INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI




INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI


Mualliflar: O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li

Annotatsiya ushbu ilmiy maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida musiqa savodxonligini shakllantirish jarayonida multimodal yondashuvning pedagogik imkoniyatlari chuqur ilmiy tahlil etilgan. Tadqiqotda multimodal yondashuvning didaktik mohiyati, uning musiqiy idrok, ritmik sezgi, eshituv xotirasi va emotsional ifoda kabi musiqa savodxonligining tarkibiy komponentlariga ko‘rsatadigan ta’siri empirik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Inklyuziv guruhdagi o‘quvchilarning idrok turlari va kognitiv ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan multimodal dars modeli o‘quvchilarda musiqa bilimlarini chuqur o‘zlashtirish, mustaqil fikrlash va ijodiy faollikni rivojlantirishga xizmat qilishi isbotlangan. Maqolada multimodal metodik yondashuvning samaradorligi eksperimental pedagogik tekshiruvlar orqali aniqlangan, shuningdek, ta’lim jarayonida integratsiyalashgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida inklyuziv musiqa ta’limi uchun multimodal kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashgan metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, musiqa savodxonligi, multimodal yondashuv, pedagogik integratsiya, idrok turlari, musika kompetensiyalari, didaktik moslashuv, AKT texnologiyalari, emotsional intellekt, differensial ta’lim, interaktiv metodika.