BO‘LAJAK PEDODOGLARDA KIBERXAVSIZLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK JIHATLARI




BO‘LAJAK PEDODOGLARDA KIBERXAVSIZLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK JIHATLARI


Mualliflar: Vohid Jo‘rayev Tojimamatovich, Mastura Maxmudjon qizi Moʻminova, Mamirjon Turdimatov Mirzayevich

Annotatsiya Zamonaviy raqamli dunyoda kiberxavfsizlik koʻnikmalari boʻlajak pedodoglar uchun muhim kompetensiyaga aylanmoqda. Ushbu tadqiqotda pedodoglarda kiberxavfsizlikni shakllantirishning metodik usullari (interfaol mashgʻulotlar, amaliy mashqlar, taʼlim dasturlariga integratsiya) koʻrib chiqiladi. Kibertahdidlardan himoya, maʼlumotlar himoyasi, xavfsiz internet foydalanishi kabi aspektlar talab qilinadi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, raqamli kompetentlikni oshirish orqali pedodoglar oʻquvchilarni xavfsizroq muhitda taʼlim olishlariga yordam beradi. Amaliy mashqlar va simulyatsion dasturlar kabi usullar samarali hisoblanadi. Pedagoglarning doimiy malaka oshirishi va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishishi zarur. Maqolada bo‘lajak pedagoglarda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish, metodik yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullar haqida so‘z boradi. Kiberxavfsizlik ta’limi zamonaviy jamiyatning ajralmas qismidir. Shuningdek, maqolada kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro tajriba va ilg‘or usullar tahlil qilingan. Pedagogik ta’limda kiberxavfsizlikni o‘rgatish – xavfsiz kelajak garovidir. Mualliflar pedagoglarni tayyorlash jarayonida axborot xurujlarining oldini olish va kiberxavfsizlik qoidalarini tushuntirish muhimligini ta’kidlaydilar. Shu bilan birga, tadqiqotda multimediya resurslari, muammoli vaziyatlar asosidagi topshiriqlar va kollegial hamkorlik orqali o‘qitish samaradorligi ham yoritilib, bo‘lajak pedagoglarni real kiber muhitga tayyorlash metodik asoslari ishlab chiqiladi. Kalit so'zlar: kiberxavfsizlik, pedagogik metodika, ta’lim texnologiyalari, axborot xavfsizligi, raqamli kompetensiya, innovatsion yondashuv, kiber tahdidlar, ta’lim tizimi, zamonaviy pedagogika.