MAKTAB O‘QUVCHILARNI BASKETBOL SPORT TURIGA SARALASH VA YO‘NALTIRISHDA JISMONIY RIVOJLANISH KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Mualliflar: Bobomurodov Abdurafik Egamurodovich
Annotatsiya Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarini basketbol sport turiga saralash va yo‘naltirishda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Basketbol yuqori tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, sakrovchanlik va koordinatsion qobiliyatlarni talab etadigan sport turi sifatida o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish darajasini to‘g‘ri baholash va saralash jarayonida asosiy mezon hisoblanadi. Tadqiqotlarda antropometrik ko‘rsatkichlar (bo‘y uzunligi, tana vazni, qo‘l va oyoq uzunligi) hamda funksional imkoniyatlar (yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari faoliyati, tezkorlik va kuch ko‘rsatkichlari) asosida tanlov va yo‘naltirish samaradorligi ta’kidlanadi. Maqolada ushbu ko‘rsatkichlarning ahamiyati, ularni baholash usullari va maktab o‘quvchilarini basketbolga saralashda qo‘llash tajribalari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan. Kalit so'zlar: Basketbol, maktab o‘quvchilari, saralash, yo‘naltirish, jismoniy rivojlanish, antropometrik ko‘rsatkichlar, funksional imkoniyatlar.