BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIDA INGLIZ TILINI OʻQITISH ORQALI KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH PRINSIPLARI




BOSHLANG’ICH SINF OʻQUVCHILARIDA INGLIZ TILINI OʻQITISH ORQALI KREATIV TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH PRINSIPLARI


Mualliflar: Marjona Xakimova Azamat qizi

Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ingliz tilini o‘qitish jarayonida kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish prinsiplari tahlil qilingan. Unda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar, lingvodidaktik yondashuvlar hamda vaziyatli tilni o‘qitish va og‘zaki yondashuvning o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, Berlitz maktablarida qo‘llanilgan didaktik tamoyillar misolida o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Kalit so'zlar: Boshlang‘ich ta’lim, ingliz tili o‘qitish, kreativ tafakkur, o‘quvchi kompetensiyasi, lingvodidaktika, moslashtiruvchi mashqlar, vaziyatli til o‘qitish, og‘zaki yondashuv, ta’lim texnologiyalari, ijodiy metodlar, kommunikativ yondashuv.