TALABALAR UCHUN ELEKTR ZANJIRLARIDA UMUMIY QARSHILIKNI HISOBLASH METODIKASI
Mualliflar: Ramatova Maftuna Ulugʻbek qizi, D. Gʻ. Xajibayev, A. S. Jalekeshov
Annotatsiya Maqolada elektr zanjiridagi umumiy qarshilikni hisoblash masalasi yoritilgan. Muallif, ikki nuqta orasidagi qarshilikni bosqichma-bosqich soddalashtirish orqali umumiy qarshilikni aniqlash metodikasini tushuntirgan. Bu jarayonda parallel va ketma-ket ulangan qarshiliklarni hisoblash qoidalaridan foydalanilgan. Koʻrsatilgan metodika yordamida murakkab elektr zanjirlarini soddalashtirish va ularning umumiy qarshiligini hisoblash mumkinligi taʼkidlangan. Bunday usul boshqa shunga oʻxshash masalalarni yechishda ham qoʻllanilishi mumkinligi aytilgan. Kalit so'zlar: elektr qarshilik, qarshiliklarni ketma-ket ulash, qarshiliklarni parallel ulash, zanjir analizi, qarshiliklarni soddalashtirish, umumiy qarshilikni hisoblash.