YANGI O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY TARAQQIYOTIDA TINCHLIK VA BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASHGA OID MEXANIZIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA INSON OMILI




YANGI O‘ZBEKISTONNING IJTIMOIY TARAQQIYOTIDA TINCHLIK VA BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASHGA OID MEXANIZIMLARINI SHAKLLANTIRISHDA INSON OMILI


Mualliflar: Qo‘chqorov Sobirjon Ahadjonovich Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi Qodirov Samandar Bobir o‘g‘li Farg‘ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti talabasi

Annotatsiya Ushbu maqola yangi O‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga oid inson omilining ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ishda ijtimoiy taraqqiyotga taʼsir qiluvchi nazariy jihatlar, metodlar va mexanizmlar ko‘rib chiqiladi, shuningdek, jamiyatdagi barqarorlikni taʼminlash va ijtimoiy aloqalarni kuchaytirish bo‘yicha samarali yondashuvlar tahlil qilinadi. Asosiy eʼtibor inson kapitali, taʼlim va ijtimoiy tashabbuslar taʼsiriga qaratilgan bo‘lib, ular jamiyatdagi barqarorlik va tinchlikka asos bo‘luvchi omillar sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda sifatli va miqdoriy metodlar, jumladan, mavjud adabiyot va statistik maʼlumotlar tahlili qo‘llanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, barqarorlikni taʼminlashda asosiy omillar — taʼlim darajasining oshirilishi, ijtimoiy taʼminotning yaxshilanishi va milliy qadriyatlar asosidagi jamoat ongini rivojlantirishdir. Tadqiqotning yangiligi shundaki, inson potentsialini barqarorlikni mustahkamlashdagi asosiy omil sifatida tahlil qilishga kompleks yondashuv qo‘llanilgan. Kalit so'zlar: inson omili, tinchlik, barqarorlik, ijtimoiy taraqqiyot, O‘zbekiston, inson kapitali, taʼlim, ijtimoiy tashabbuslar.