OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARINING O‘QUV VA HAYOTIY FAOLIYATI UCHUN AXBOROTLARNI MUSTAQIL IZLAB TOPISHI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Mualliflar: Turobova Ziyoda Shuhrat qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasasi (keying o‘rinlarda OTM deb yuritiladi) talabalarining o‘quv va hayotiy faoliyati uchun axborotlarni mustaqil izlab topishda duch kelayotgan muammolari va bu muammolarni hal qilishga doir yechimlar haqida so‘z boradi. Tadqiqot doirasida OTM talabalarida axborot savodxonligiga doir bilimlarning yetarli emasligi, ta’limga oid zamonaviy qidiruv tizimlari haqida ma’lumot yo‘qligi aniqlandi. Bundan tashqari bir qancha qidiruv tizimlardagi ma’lumotlar ingliz tilida ekanligi ma’lum. Bu ma’lumotlardan foydalanishda talabalarimizning aksariyat qismi ingliz tilini bilmasliklari axborotlarni mustaqil izlab topishda yana bir asosiy muammolardan biri bo‘lmoqda. Tadqiqotimiz Navoiy davlat universitetining uch fakulteti uchta guruhida ya’ni, “O‘zbek tili va adabiyoti” fakultetining 203- guruhi, “Maktabgacha ta’lim ” fakultetining 3-“G”, va “Matematika va informtika” fakultetining 4-“A”da o‘tkazilgan. Yakuniy natijalarda OTM talabalariga Twitter (twitter.com), Yahoo! (yahoo.com), Vikipediya (wikipedia.org). kabi qidiruv tizimlari, Reddit, Gutenberg.org, Information Literacy internet saytlar haqida ma’lumot, foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ularning axborotlani mustaqil izlab topishlarida istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: Oliy ta’lim muassasasi, talaba, axborot, o‘quv faoliyat, qidiruv tizimlari, axborot savodxonligi, internet saytlar, mustaqil ta’lim