ZAMONAVIY PEDAGOGIKA: INNOVATSIYALAR VA KELAJAK KALITI
Mualliflar: Maxsudova Shohsanam Muzaffarxo’jayevna Namangan davlat pedagogika instituti
Annotatsiya Ushbu maqolada zamonaviy pedagogikaning asosiy tamoyillari, innovatsion yondashuvlari va kelajakdagi o‘quv jarayonidagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Bugungi kunda ta’lim tizimi jamiyatning raqamli transformatsiyasi, globallashuv va texnologik taraqqiyot ta’sirida chuqur o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Maqolada pedagogikaning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ijodiy va innovatsion fikrlashni rivojlantirish, hamda raqamli vositalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari chuqur ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy ta’lim shakllarining nafaqat individual rivojlanish, balki jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ham yoritib berilgan. Unda texnologiyalardan foydalanish kelajakda ta’lim tizimining universalligini oshirib, o‘quv jarayonini yanada global va samarali qilishini asoslab berilgan. Ushbu maqola zamonaviy pedagogikadagi yangi tendensiyalarni o‘rganish va innovatsion yondashuvlar yordamida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Kalit so'zlar: Zamonavit pedagogika, innovatsiyalar, texnologiyalar, sun’iy intelekt