MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA OLIY TA’LIM MUASSASASI RAHBAR KADRLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH




MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA OLIY TA’LIM MUASSASASI RAHBAR KADRLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH


Mualliflar: Abdusabirov Jamshid Azizjon o‘g‘li

Annotatsiya Hozirgi juda ham tez rivojlanib borayotgan zamonda ta’lim sohasida juda ham katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu amalga oshirilayotgan barcha ishlarning asosiy maqsadi ta’lim sohasini har tomonlama mukammal qilish hisoblanadi. Ta’limning asosiy bo‘lagi hisoblangan oliy ta’lim esa yetuk va har tomonlama ilg‘or kadrlar yetkazib berishda asosiy manbaa hisoblanadi. Ularni boshqarib borayotgan rahbar kadrlar esa ushbu faoliyatning qay darajada samarali amalga oshishini belgilab beradi. Oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlarining kasbiy kompetensiyalari ushbu tashkilot muvaffaqiyatida juda ham katta rol o‘ynaydi. Ularning orasida boshqaruv kompetensiyasiga esa alohida e’tibor ajratiladi. Malaka oshirish jarayonida oliy ta’lim muassasasi rahbar kadrlarida boshqaruv kompetensiyasini oshirish takomillashtirilishi lozim bo‘lgan hozirgi eng muhim masalalardan biri bo‘lib turibdi. Kalit so'zlar: malaka oshirish, rahbar kadrlar, oliy ta’lim, boshqaruv kompetensiyasi.