GAP VA MATN BIRLIKLARINI O‘QITISHDA MILLIY QADRIYATLARGA XOS YONDASHUVLAR
Mualliflar: Baxridinova Nigora Baxtiyor qizi
Annotatsiya Ushbu maqolada gap va matn birliklarini o‘qitishda milliy qadriyatlarga xos yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Til ta’limi jarayonida o‘quvchilarga nafaqat grammatik bilimlar, balki xalqimizning tarixiy-madaniy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari asosida shakllangan ma’naviy dunyoqarashini singdirish zarurligi asoslab beriladi. Maqolada gap va matn birliklarini o‘qitishda milliy qadriyatlarga xos yondashuvlar orqali o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, odob-axloq, oilaparvarlik, ahillik kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish mumkinligi ilmiy-nazariy va amaliy misollar asosida ochib beriladi. Milliy qadriyatlar asosida mavzuga doir metod, uslub va o‘yinlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan. “Gap sayohatga chiqdi”, “Qo‘shnichilik – ming yilchilik”, “Hunar – hunardan rizqing unar” kabi milliy-metodik uslublar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun foydali metodik tavsiyalarni beradi hamda filologik ta’limda milliy qadriyatlarga asoslangan innovatsion yondashuvlarning amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: gap, matn, qadriyat, qo‘shnichilik, hunar, ifoda birliklari, hurmat, darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, inkor gap, didaktika, maqol, matal, ibora, sharqona tafakkur va hikoyaviylik.