BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINING BADIIY VA IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar: Nabiyev Bobur Abdug‘ani o‘g‘li
Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak rassom-pedagoglarni tayyorlash jarayoni nazariy jihatdan asoslangan va puxta rejalashtirilgan bo‘lishi lozimligi ilmiy nuqtai nazardan asoslab beriladi. Bu jarayonning dastlabki bosqichi esa, tabiiyki, umumta’lim maktablari doirasida boshlanadi. Maktab tushunchasi ostida, biz ta’lim-tarbiya jarayonining tizimli tuzilishini, o‘quvchilarning ushbu tizim va dars berish metodlariga ongli ravishda amal qilishini, bilimlarni egallashda ilmiylik, uslubiy izchillik hamda aniqlikni ta’minlashni nazarda tutamiz. Shu bilan birga, badiiy ijod faoliyatida qo‘llanilgan va amaliyotda o‘zini oqlagan pedagogik tajribalarning chuqur o‘rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: metodik, tafakkur, rassom, kasbiy, ijodiy faoliyat, tahlil, o‘quvchilar, tasvir, akademik,