TАBIIY YО'NАLISH TАLАBАLАRINING LEKSIK KОMPETENSIYАSINI RIVОJLАNTIRUVCHI ОMILLАR
Mualliflar: Kamalova Nilufar Dilshodbek qizi Namangan davlat universiteti tayanch-doktaranti
Annotatsiya Ushbu maqola tabiiy yo‘nalish talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantiruvchi omillarni tahlil qiladi. Leksik kompetensiya — bu tilshunoslikda so‘zlarni to‘g‘ri va mazmunli ishlatish qobiliyati bo‘lib, talabalar uchun muhim pedagogik vazifa hisoblanadi. Maqolada tabiiy yo‘nalish talabalarining ilmiy so‘z boyligini oshirishda ta'sir qiluvchi asosiy omillar, jumladan o‘quv dasturi, muallimlarning metodikasi, amaliy mashqlar va zamonaviy texnologiyalarning roli ko‘rib chiqiladi. Leksik kompetensiyani rivojlantirish talabalarning ilmiy faoliyatga tayyorligini oshirib, ularning kommunikativ va kasbiy malakalarini mustahkamlaydi. Kalit so'zlar: Leksik kompetensiya, tabiiy yo‘nalish, o‘quv dasturi, ilmiy terminologiya, muallim metodikasi, amaliy mashqlar, texnologiyalar, motivatsiya, tilshunoslik, pedagogika, interfaol faoliyat.