MUSIQA YO‘NALISHI TALABALARIGA TORLI-KAMONLI CHOLG‘U IJROCHILIGINI O‘RGATISHDAGI ZAMONAVIY METODLAR
Mualliflar: Mirsadullayev Mirlaziz Mirmuslimovich
Annotatsiya Ushbu maqolada musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni torli-kamonli cholg‘ularda ijro etish malakasini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik metodlar samaradorligi chuqur tahlil qilinadi. Interaktiv yondashuv, differensial o‘qitish, ijodiy topshiriqlar asosida ta’lim berish hamda raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashgan metodlarning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Eksperimental tadqiqotlar orqali zamonaviy yondashuvlarning ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni isbotlangan. Kalit so'zlar: torli-kamonli cholg‘ular, musiqa ta’limi, zamonaviy metodlar, ijrochilik, interaktiv yondashuv, raqamli texnologiyalar.