TEXNOLOGIYA MASHG’ULOTLARIDA “STACK-N-WHACK TEXNIKA” SIDAN FOYDALANISH
Mualliflar: Xudayqulov Shavkatbek Soyibjanovich Namangan davlat pedagogika instituti, Aniq fanlar kafedrasi dotsenti, Ziyamova Gulbaxor To’labayevna Namangan davlat pedagogika instituti, Aniq fanlar kafedrasi o’qituvchisi O‘sarova Orzigul Inomiddin qizi Namangan davlat pedagogika instituti Texnologik ta’lim yo’nalishi 2 bosqich talabasi.
Annotatsiya Maqolada zamonaviy ta’limda pedagogik texnologiyaning o’rni, talabalarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishda interaktiv usullarning ahamiyati ko’rsatib o’tilgan. “Stack-n-Whack” texnikasi o‘quvchilarga ma'lumotlarni o‘rganish, tashkil etish va ularni tahlil qilishda yordam beradigan samarali o‘qitish usuli xaqida. Hamda o‘quvchilarga mavzuni yaxshiroq tushunishga, ajratilgan qismlarni birlashtirib, yangi g‘oyalar yaratishga yordam beradi. Stack-n-Whack texnikasidan mashg’ulotlardan foydalanish uchun tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: texnologiya Stack-n-Whack, o’lchash va rejalash asboblari, yog’och, rangli metal, gabarit o’lcham, mashg’ulotlar, yangilik, mavzu, materiallar, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika, qalam, sirkul, mashtabli chizg’ich, taxlama metr, o’rama metr, go’niya, surma go’niya, xatkash.