YAPONIYA TAJRIBASINI O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI




YAPONIYA TAJRIBASINI O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM TIZIMIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI


Mualliflar: Jakbarov Odiljon Otamirzayevich

Annotatsiya Ushbu maqola Yaponiya oliy ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish va uni O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Yaponiyaning oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari, xususan, innovatsion ta’lim metodlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati va sanoat bilan integratsiya masalalari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, Prezident qarorlari va 2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish konsepsiyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda solishtirma tahlil usullari, statistik ma’lumotlar va grafiklar qo‘llanilgan. Natijalar Yaponiya tajribasini qo‘llash orqali O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida sifat va samaradorlikni oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Maqola ta’lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bilan yakunlanadi. Kalit so'zlar: Oliy ta’lim, Yaponiya tajribasi, O‘zbekiston, innovatsion metodlar, ilmiy-tadqiqot, sifat oshirish, xalqaro hamkorlik.