ZAMONAVIY TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING INFORMATSION-ANALITIK KOMPETENTLIGIGA QOYILAYOTGAN TALABLAR




ZAMONAVIY TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING INFORMATSION-ANALITIK KOMPETENTLIGIGA QOYILAYOTGAN TALABLAR


Mualliflar: Usmonova Kamola Erkinovna

Annotatsiya Ushbu maqolada informatsion-analitik kompetentlikning ta’lim tizimidagi ahamiyati va uning kelajakdagi o‘qituvchilar faoliyatida tutgan o‘rni tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida informatsion-analitik kompetentlik o‘qituvchining eng muhim kasbiy ko‘nikmalaridan biri sifatida qaralmoqda. Bu kompetentlik nafaqat ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘g‘ri xulosalar chiqarishni, balki ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va boshqarishda innovatsion yondashuvlarni joriy etishni ham o‘z ichiga oladi. Jamiyatning raqamlashuvi, axborot texnologiyalarining rivojlanishi kelajakdagi o‘qituvchilardan yangi turdagi bilim va salohiyat talab qilishini anglatadi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki tahlilchi, tadqiqotchi va mutaxassis sifatida faoliyat yuritishi lozim. Maqolada kelajakdagi o‘qituvchilar tayyorlov jarayonida bu kompetentlikni samarali shakllantirish uchun ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va amaliy yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni joriy etish lozimligi ta’kidlanadi. Kalit so'zlar: informatsion-analitik kompetentlik, o‘qituvchi, ta’lim, raqamli savodxonlik, axborot tahlili, pedagogik faoliyat, kompetentlik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar, kasbiy rivojlanish, innovatsiya.