BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINING MAZMUNI, MOHIYATI VA PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik asoslari, uning mazmuni va mohiyati, tarkibiy komponentlari hamda ta’lim jarayonidagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quvchilarda ijodiy fikrlash, muammoli vaziyatlarga mustaqil yechim topish, noodatiy g‘oyalarni ilgari surish, bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar va ta’lim metodlarining ahamiyati asoslangan. Kalit so'zlar: kreativ kompetentlik, ijodiy fikrlash, boshlang‘ich ta’lim, kreativlik, mustaqil fikrlash, muammoli ta’lim, ijodiy faoliyat, pedagogik imkoniyat, innovatsion metod, kompetensiyaviy yondashuv.
