YUQORI SINF O‘QUVCHILARINING MAXSUS JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik asoslari, jismoniy sifatlarni takomillashtirishning samarali usullari hamda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy mashqlarni tanlash, mashg‘ulotlarni tashkil etish, jismoniy yuklamalarni me’yorlashtirish va harakat faoliyatini takomillashtirishning ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, maxsus jismoniy tayyorgarlik, yuqori sinf o‘quvchilari, jismoniy sifatlar, pedagogik yondashuv, harakat faolligi, jismoniy rivojlanish, mashg‘ulot metodikasi.
