BADIIY GIMNASTIKACHILAR JISMONIY TAYYORGARLIGINI SENSITIV DAVRLAR ASOSIDA BOSQICHLI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI




BADIIY GIMNASTIKACHILAR JISMONIY TAYYORGARLIGINI SENSITIV DAVRLAR ASOSIDA BOSQICHLI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA METODIK ASOSLARI


Mualliflar:
Latipova Nigoraxon Isakovna


Annotatsiya Mazkur maqolada badiiy gimnastikachilarning jismoniy tayyorgarligini harakat sifatlari rivojlanishining sensitiv davrlarini hisobga olgan holda bosqichli rivojlantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili asosida qizlarda egiluvchanlik, koordinatsion qobiliyatlar, tezkorlik, tezkor-kuch sifatlari, kuch va chidamlilik rivojlanishining qulay yosh davrlari umumlashtirilgan. Badiiy gimnastikada ko‘p yillik tayyorgarlikning to‘rt bosqichi bo‘yicha jismoniy tayyorgarlikning ustuvor yo‘nalishlari, vositalari va nazorat ko‘rsatkichlari tizimlashtirilgan. Sensitiv davrlarni kalendar emas, balki biologik yoshga tayangan holda qo‘llash zarurligi asoslab berilgan. Kalit so'zlar: badiiy gimnastika, jismoniy tayyorgarlik, sensitiv davrlar, egiluvchanlik, koordinatsion qobiliyatlar, tezkor-kuch sifatlari, biologik yosh, ko‘p yillik tayyorgarlik, bosqichli rivojlantirish.