YOSH BADIIY GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY VA TEXNIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada yosh badiiy gimnastikachilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini rivojlantirishning nazariy hamda metodik asoslari yoritilgan. Badiiy gimnastika sport turida yuqori natijalarga erishish sportchilarning egiluvchanlik, chaqqonlik, kuch, tezkorlik, chidamlilik, muvozanat va harakat koordinatsiyasi kabi jismoniy sifatlarining rivojlanganlik darajasiga bevosita bog‘liq. Shu bilan birga, gimnastikachilarning texnik elementlarni aniq, nafis va musiqiy ritmga mos ravishda bajarishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada yosh sportchilarning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish, maxsus jismoniy mashqlardan foydalanish, texnik harakatlarni bosqichma-bosqich o‘rgatish hamda mashg‘ulot yuklamalarini oqilona taqsimlash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, jismoniy va texnik tayyorgarlikni o‘zaro uyg‘unlashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: badiiy gimnastika, yosh gimnastikachilar, jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, egiluvchanlik, koordinatsiya, muvozanat, kuch, chidamlilik, maxsus jismoniy mashqlar, mashg‘ulot metodikasi.
