“INTERAKTIV MATN TAHLILI” ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-METODIK ASOSLARINI TADQIQ ETISH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada “Interaktiv matn tahlili” asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik-metodik asoslari tadqiq etilgan. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning fikrlash faolligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, matn mazmunini tahlil qilish, voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlarini aniqlash, taqqoslash, umumlashtirish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda interaktiv topshiriqlarning ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so'zlar: interaktiv matn tahlili, boshlang‘ich ta’lim, mantiqiy tafakkur, pedagogik-metodik asoslar, interaktiv metodlar, matn ustida ishlash, tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, mustaqil fikrlash.
