BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV-KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV VA RAQAMLI TA’LIM VA SUN`IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI




BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV-KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV VA RAQAMLI TA’LIM VA SUN`IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI


Mualliflar:
Obidova Irodaxon Xotamjon qizi


Annotatsiya Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda integrativ-kompetensiyaviy yondashuv va raqamli ta’lim muhitining didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy o‘qituvchi faoliyatida pedagogik, metodik, kommunikativ, axborot-digital, kreativ va refleksiv kompetensiyalarning o‘zaro uyg‘unligi muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan. Maqolada raqamli ta’lim muhitining kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni, mustaqil ta’lim, individual ta’lim trayektoriyasi, amaliy topshiriqlar, elektron portfolio, pedagogik keyslar va refleksiv monitoring imkoniyatlari yoritilgan. Integrativ-kompetensiyaviy yondashuv asosida “motivatsiya – raqamli resurs – mustaqil faoliyat – amaliy topshiriq – hamkorlik – refleksiya – baholash” modeli taklif etilgan. Shuningdek, raqamli muhitdan foydalanishning pedagogik samaradorligi uning texnik imkoniyatlari bilangina emas, balki didaktik maqsadga muvofiqligi, talabaning mustaqil faoliyati va kasbiy vazifalar bilan bog‘langanligi bilan belgilanadi. Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda raqamli texnologiyalarni kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish vositasiga aylantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy ko‘nikma, integrativ-kompetensiyaviy yondashuv, raqamli ta’lim muhiti, raqamli kompetensiya, mustaqil ta’lim, elektron portfolio, pedagogik amaliyot, refleksiya, individual ta’lim trayektoriyasi.