BELBOG‘LI KURASHCHILARNING UMUMIY JISMONIY TAYYORGARLIK JARAYONINI KORREKSIYALASH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu maqolada malakali belbog‘li kurashchilarning yillik tayyorgarlik sikli doirasida umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonini pedagogik nazorat natijalari asosida korreksiyalashning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Tadqiqot davomida kurashchilarning kuch, tezkorlik-kuch, chidamlilik va egiluvchanlik sifatlaridagi nomutanosibliklar aniqlanib, yuklamalar hajmi va shiddatini individuallashtirilgan tarzda qayta taqsimlash mexanizmi ishlab chiqildi. Pedagogik tajriba yakunida tajriba guruhi sportchilarining jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan ishonchli (p < 0,05) darajada o‘sganligi isbotlandi. Kalit so'zlar: belbog‘li kurash, umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT), o‘quv-mashg‘ulot jarayonini korreksiyalash, jismoniy sifatlar, yuklama shiddati, pedagogik nazorat, funksional holat.
