O‘QUV-MASHQ BOSQICHIDAGI BASKETBOLCHILARDA INDIVIDUAL VA JAMOAVIY HARAKATLARNING O`YIN NATIJADORLIGIGA TA’SIRI




O‘QUV-MASHQ BOSQICHIDAGI BASKETBOLCHILARDA INDIVIDUAL VA JAMOAVIY HARAKATLARNING O`YIN NATIJADORLIGIGA TA’SIRI


Mualliflar:
Egamberdiyeva Nazira Adhamjon qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada o‘quv-mashq bosqichidagi basketbolchilarda individual va jamoaviy harakatlarning o‘yin natijadorligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil hamda matematik-statistik usullardan foydalanildi. Basketbolchilarning individual texnik-taktik harakatlari (dribling, uzatma va savatga tashlash aniqligi) hamda jamoaviy harakatlari (o‘zaro hamkorlik, kombinatsion o‘yinlar va tezkor hujumlar) samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari individual va jamoaviy harakatlarni integratsiyalashgan holda rivojlantirish o‘yin natijadorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari o‘quv-mashq bosqichidagi basketbolchilarning texnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: Basketbol, o‘quv-mashq bosqichi, texnik-taktik tayyorgarlik, individual harakatlar, jamoaviy harakatlar, o‘yin natijadorligi, yosh basketbolchilar, sport mahorati.