TARBIYA FANLARI BILAN INTEGRATSIYA ORQALI O‘QISH SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini tarbiya fani hamda tarbiyaviy salohiyati yuqori bo‘lgan fanlar (ona tili va o‘qish, adabiyot, tarix, atrofimizdagi olam, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at) bilan integratsiya orqali rivojlantirish usullari ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS), L.S. Vygotskiy, W. Kintsch, J. Guthrie, A. Palincsar va A. Braun, T. va C. Shanahan ishlari tahlil qilinib, beshta metodik yondashuv: tematik matn tanlash, “Bilaman–Bilmoqchiman–Bilib oldim” strategiyasi, o‘zaro o‘qitish, mavzuviy lug‘at ustida ishlash va hamkorlikda (jigsaw) o‘qish amaliy misollar bilan taqdim etiladi. Shuningdek, o‘qish savodxonligini baholash rubrikasi va pedagogik tajriba loyihasi taklif qilinadi. Kalit so'zlar: o‘qish savodxonligi, integratsiya, tarbiya fani, matnni tushunish, o‘zaro o‘qitish, hamkorlikda o‘qish, tanqidiy fikrlash
