TARIXIY HAQIQATDAN BADIIY HAQIQATGA: XAYRIDDIN SULTON ASARLARIDA O‘TMISHNING POETIK TALQINI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada Xayriddin Sulton asarlarida tarixiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylanish jarayoni va o‘tmish voqelig‘ining poetik talqini tadqiq etiladi. Yozuvchining «Saodat sohili», «Boburiynoma» va «Yaldo kechasi» asarlari misolida tarixiy faktlarning badiiy qayta ishlanishi, tarixiy shaxslar obrazining yaratilishi, retrospektiv tafakkur, tarixiy xotira hamda muallif pozitsiyasining badiiy ifodadagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy voqelik va zamonaviy badiiy idrok uyg‘unligining yozuvchi ijodidagi o‘ziga xos jihatlari ochib beriladi Kalit so'zlar: Xayriddin Sulton, tarixiy haqiqat, badiiy haqiqat, tarixiy nasr, poetik talqin, retrospektiv tafakkur, tarixiy xotira, tarixiy obraz, muallif pozitsiyasi
