BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI TA’LIMNING UNIVERSAL DIZAYNI (UDL) TAMOYILLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI




BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI TA’LIMNING UNIVERSAL DIZAYNI (UDL) TAMOYILLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI


Mualliflar:
Jamolidinova Shakhnoza Alisher qizi


Annotatsiya Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini ta’limning universal dizayni (Universal Design for Learning — UDL) tamoyillari asosida rivojlantirishning lingvodidaktik va metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarning lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik, diskursiv va kasbiy-kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishda UDL yondashuvining didaktik imkoniyatlarini aniqlash hamda uni ingliz tili mashg‘ulotlariga integratsiyalash metodikasini takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyoslash, pedagogik modellashtirish va metodik loyihalash usullaridan foydalanildi. UDL konsepsiyasining ta’lim oluvchilarni faol jalb etish, o‘quv axborotini turli shakllarda taqdim etish va o‘zlashtirilgan bilimlarni ifodalashning muqobil usullarini yaratishga asoslangan uch tamoyili kommunikativ ta’lim yondashuvi bilan uyg‘unlashtirildi. Natijada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning diagnostik, loyihalash, kommunikativ-amaliy va refleksiv-baholash bosqichlarini qamrab oluvchi metodik tizim taklif etildi. Shuningdek, pedagogik muloqot, rolli o‘yinlar, kommunikativ muammolarni hal qilish va mikrodarslarni tashkil etishga oid amaliy topshiriqlar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari UDL tamoyillarini bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga integratsiyalash uchun nazariy-metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so'zlar: kommunikativ kompetensiya, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari, ta’limning universal dizayni, UDL, kommunikativ yondashuv, lingvodidaktika, kasbiy kompetensiya, inklyuziv ta’lim, metodika, pedagogik kommunikatsiya