MAKTABDA 5–9-SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIKA FANIGA QIZIQISHINI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI METODLAR
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–9-sinf o‘quvchilarida matematika faniga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishning nazariy asoslari va samarali metodlari tahlil qilingan. Bilish qiziqishi va ichki motivatsiyaga oid psixologik-pedagogik qarashlar umumlashtirilib, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos metodlar tizimi asoslangan. Muammoli ta’lim, didaktik o‘yinlar, hayotiy-amaliy masalalar, matematika tarixidan ma’lumotlar, loyiha metodi, raqamli vositalar va formativ baholashning qiziqishni oshirishdagi imkoniyatlari ochib berilgan. Mazkur metodlarni sinflar kesimida bosqichma-bosqich qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: matematika, bilish qiziqishi, motivatsiya, muammoli ta’lim, didaktik o‘yin, hayotiy masala, loyiha metodi, GeoGebra, formativ baholash
