TАLАBАLАRGА INGLIZ TILINI О‘QITISHDА TАNQIDIУ FIKRLАSH MАLАKАLАRINI RIVОJLАNTIRISH MОDЕLI




TАLАBАLАRGА INGLIZ TILINI О‘QITISHDА TАNQIDIУ FIKRLАSH MАLАKАLАRINI RIVОJLАNTIRISH MОDЕLI


Mualliflar:
Tuychiyev Adxamjon Tuhtaboyevich


Annotatsiya Mazkur maqolada oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga ingliz tilini o‘qitish jarayonida tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishning nazariy asoslari va samarali modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi xorijiy tilni o‘zlashtirish bilan bir qatorda talabalarda axborotni tahlil qilish, dalillash, baholash va mustaqil qaror qabul qilish malakalarini rivojlantirishdan iborat. Maqolada taklif etilgan modelning maqsadli, mazmunli, texnologik va baholash komponentlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda ochib berilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonida tadqiqiy, muammoli va evristik metodlardan foydalanish hamda munozara, loyihaviy faoliyat va hamkorlikda ishlash kabi o‘qitish shakllarini qo‘llashning amaliy samaradorligi asoslangan. Ishlab chiqilgan model talabalarning tanqidiy fikrlashini oshirishga va ularni mustaqil fikrlovchi mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: tanqidiy fikrlash, ingliz tilini o‘qitish, model, muammoli ta’lim, evristik metod, loyihaviy faoliyat, hamkorlikda ishlash