KATHERINE MANSFIELDNING “THE GARDEN PARTY” HIKOYASIDA IJTIMOIY TENGSIZLIKNING BADIIY IFODALANIShI




KATHERINE MANSFIELDNING “THE GARDEN PARTY” HIKOYASIDA IJTIMOIY TENGSIZLIKNING BADIIY IFODALANIShI


Mualliflar:
Boltabaeva Ma’rifatxon Baxromjon qizi, Yunusov Muhammadyusuf


Annotatsiya Mazkur maqolada Yangi Zelandiya adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Katherine Mansfieldning “The Garden Party” hikoyasida ijtimoiy tengsizlik muammosining badiiy ifodalanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozuvchi tomonidan yuqori va quyi ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi tafovutlarning turmush tarzi, ijtimoiy mavqe, dunyoqarash va insoniy munosabatlar orqali yoritilishi o‘rganiladi. Shuningdek, Sheridanlar oilasining farovon hayoti va ishchi oilasining og‘ir turmush sharoiti o‘rtasidagi qarama-qarshilikning asar kompozitsiyasidagi vazifasi ochib beriladi. Laura Sheridan obrazining ruhiy kechinmalari, uning oilaviy muhit ta’sirida shakllangan ijtimoiy qarashlari hamda kambag‘al ishchining vafoti bilan bog‘liq voqeadan keyingi ichki o‘zgarishlari psixologik tahlil asosida yoritiladi. Hikoyadagi bog‘, ziyofat, shlyapa va o‘lim motivining ramziy-semantik xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda tarixiy-adabiy, qiyosiy-tipologik, kontekstual, psixologik va germenevtik tahlil metodlaridan foydalaniladi. Tahlil natijasida Mansfield ijtimoiy tengsizlikni faqat moddiy tafovut sifatida emas, balki insonlar o‘rtasidagi ma’naviy masofa, ijtimoiy begonalashuv va shaxsning axloqiy anglash jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab hodisa sifatida tasvirlagani asoslanadi. Kalit so'zlar: Katherine Mansfield, “The Garden Party”, ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy tabaqalanish, modernizm, Laura Sheridan, ijtimoiy begonalashuv, psixologik tasvir, ramziylik, badiiy konflikt.