STEAM-YONDASHUV ASOSIDA 4-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN MASHGʻULOTLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH




STEAM-YONDASHUV ASOSIDA 4-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN MASHGʻULOTLARNI LOYIHALASH VA TASHKIL ETISH


Mualliflar:
Husanboyeva Lobar Murodjon qizi


Annotatsiya Maqolada boshlangʻich taʼlimning 4-sinf matematika darslarida STEAM yondashuvi asosida integratsiyalashgan mashgʻulotlarni loyihalash va tashkil etishning nazariy-metodik asoslari yoritilgan. Dizayn-asosli tadqiqot mantiqida 4-sinf matematika mazmunining asosiy yoʻnalishlari tahlil qilinib, fanlararo integratsiya matritsasi, besh bosqichli “Muammo – Izlanish – Loyiha – Yaratish – Taqdimot” (MILYaT) modeli, ikkita namunaviy dars ssenariysi va baholash rubrikasi ishlab chiqildi. Modelning oʻziga xosligi shundaki, matematika integratsiyaning yadrosi sifatida saqlanadi, fan, texnologiya, muhandislik va sanʼat esa oʻquvchilar uchun tanish hayotiy muammoni (maktab gulzori, Navroʻz dasturxoni, milliy naqshlar) hal etish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Maqola boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, metodistlar va pedagogika oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan. Kalit so'zlar: STEAM, integratsiya, boshlangʻich taʼlim, matematika, loyiha asosida oʻqitish, 4-sinf, kompetensiya, rubrika