RAMZIYLIK VA BADIIY TAHLIL: UILLIAM GOLDINGNING “CHIVINLAR HUKMDORI” ROMANIDAGI RAMZLAR TIZIMI VA ULARNING G‘OYAVIY MAZMUNI
Mualliflar:
Annotatsiya William Goldingning “Lord of the Flies” romanidagi asosiy ramzlar va ularning mazmun-mohiyati tadqiq etiladi. Adabiy tahlil orqali chig‘anoq, Piggy ko‘zoynagi, maxluq va signal olovi kabi ramzlarning sivilizatsiya, aql-idrok, qo‘rquv va inson tabiatini ifodalashdagi o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari Golding ramziylik vositasida ijtimoiy tartibning zaifligi hamda insonning tabiiy instinktlari bilan bog‘liq vayronkor xususiyatlarini qanday ochib berganini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: allegoriya, sivilizatsiya va vahshiylik, chig‘anoq, inson tabiati, g‘oyaviy mazmun, adabiy tahlil, Lord of the Flies, axloq, Piggy ko‘zoynagi, hokimiyat, signal olovi, ramzlar tizimi, ramziylik, maxluq
