OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA XALQ ERTAKLARI VA HIKOYALAR ORQALI AXLOQIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK USULLARI, TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING SAMARADORLIGINI ASOSLASH
Mualliflar:
Annotatsiya Ushbu ilmiy maqolada boshlangʻich sinf oʻqish savodxonligi darslarida oʻzbek xalq ertaklari va tarbiyaviy hikoyalar vositasida oʻquvchilarda axloqiy qadriyatlarni shakllantirish hamda rivojlantirishning zamonaviy didaktik usullari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida «Axloqiy kompas», «Qahramonlar sudi», «Hissiy termometr», «Interfaol syujet kubigi», «Axloqiy tarozi», «Qahramonning ichki monologi», «Digital Storytelling» va «Maqollar koʻprigi» kabi sakkizta innovatsion pedagogik texnologiya ishlab chiqildi. Namangan shahridagi «Novda School» xususiy maktabining 4-«Navoiy» sinfida (10 nafar oʻquvchi) oʻtkazilgan tajriba-sinov ishlarining qiyosiy natijalari matematik-statistika mezonlari asosida ilmiy jihatdan isbotlandi. Kalit so'zlar: oʻqish savodxonligi, xalq ertaklari, badiiy hikoya, axloqiy qadriyatlar, didaktik usullar, interfaol oʻyinlar, empatiya, tanqidiy tafakkur, tajriba-sinov ishlari, samaradorlik.
