IJODIY VA TANQIDIY FIKRLASHNING ILMIY TALQINI: MATEMATIKA TA’LIMIDA OCHIQ JAVOBLI KONTEKSTLI TOPSHIRIQLARNING IMKONIYATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada boshlang‘ich sinf matematika ta’limida ijodiy va tanqidiy fikrlashni bitta topshiriq doirasida birgalikda rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotdan maqsad ikki fikrlash turining ilmiy talqinlari asosida ochiq javobli kontekstli topshiriqlarni loyihalash talablarini aniqlash va bunday topshiriqlarning imkoniyatlarini nazariy jihatdan asoslashdir. Tadqiqotda ilmiy manbalarni qiyosiy va kontent-tahlil qilish, tizimlashtirish, pedagogik modellashtirish hamda topshiriq yechimlarini to‘liq sanab chiqish metodlari qo‘llanildi. O‘quvchi javobining uch holati, ya’ni dastlabki taklif, tanlov dalili va qayta tekshiruv tahlil birligi sifatida olindi. Natijada topshiriqni loyihalashning to‘rt talabi, yangi shartning to‘rt turi va oltita baholash mezoni ishlab chiqildi. Ular asosida 3–4-sinflar uchun to‘rtta topshiriq tuzildi, har birining barcha yechimlari va kutiladigan odatiy xatolari aniqlandi. Kutiladigan xatolarning umumiy sababi o‘quvchining yangi shartni oldingi hisob bilan tekshirishi ekani ko‘rsatildi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, kontekst hisobning o‘zini o‘zgartirgandagina ijodiy va tanqidiy fikrlash birgalikda faollashadi. Tanqidiy fikrlashning ishonchli belgisi esa javobning o‘zgarishi emas, balki tanlov mezonining aniq aytilishi va hisob bilan tasdiqlanishidir. Olingan natijalar asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy takliflar berildi Kalit so'zlar: ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, divergent fikrlash, dalillash, refleksiya, ochiq javobli topshiriq, kontekstli masala, boshlang‘ich sinf matematikasi, baholash mezonlari
