KOREYS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI SOMATIK FRAZEOLOGIZMLARNING QIYOSIY TAHLILI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada koreys va o‘zbek tillaridagi tana a’zolari (bosh, ko‘z, quloq, qo‘l, oyoq, yurak) nomlari bilan bog‘liq somatik frazeologizmlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotning maqsadi har ikki xalq lingvomadaniy dunyoqarashidagi umumiylik va o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashdan iborat. Metodologiya sifatida qiyosiy-tipologik, komponent tahlil metodlari va lingvokulturologik yondashuv qo‘llanildi. Tahlil natijasida iboralar to‘liq ekvivalent, qisman ekvivalent va ekvivalentsiz guruhlarga ajratildi hamda ularning milliy mentalitetni aks ettiruvchi semantik qatlamlari ochib berildi. Kalit so'zlar: somatik frazeologizmlar, qiyosiy tahlil, koreys tili, o‘zbek tili, lingvokulturologiya, semantik xususiyatlar, ekvivalentlik, somatizmlar
