AUTOCAD DASTURINING 3D MUHITIDA DETALLARNI MODELLASHTIRISH ORQALI TALABALARNING ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH




AUTOCAD DASTURINING 3D MUHITIDA DETALLARNI MODELLASHTIRISH ORQALI TALABALARNING ESTETIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar:
Sodikjonova Maxliyoxon Abduvaxob qizi


Annotatsiya Maqolada AutoCAD dasturining 3D muhitida mashinasozlik detallarini modellashtirish jarayonidan talabalarning estetik tafakkurini rivojlantirish vositasi sifatida foydalanish masalasi yoritilgan. Tadqiqot maqsadi – detalning ikki ko‘rinishi asosida uning uch o‘lchamli modelini yaratish, qirqim va proyeksiyalarni hosil qilish bosqichlarini estetik tarbiya vazifalari bilan uyg‘unlashtirgan metodik ketma-ketlikni ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, pedagogik modellashtirish, grafik topshiriqni bosqichma-bosqich bajarish va natijani mezonlar asosida baholash metodlaridan foydalanildi. Namuna sifatida M.V. Xripunova qo‘llanmasidagi “Korpus” detalining 4-varianti tanlanib, uni AutoCAD muhitida bajarishning o‘n ikki bosqichli ketma-ketligi ishlab chiqildi. Natijada “idrok – tasavvur – tahlil – ifoda” bosqichlaridan iborat pedagogik model hamda estetik tafakkur darajasini aniqlashga mo‘ljallangan besh mezonli baholash tizimi taklif etildi. Har bir modellashtirish amali proporsiya, simmetriya, kompozitsiya, grafik tozalik va rang-yorug‘lik uyg‘unligi kabi estetik sifatlar bilan bog‘landi. Xulosada taklif etilgan metodikani muhandislik grafikasi va chizmachilik mashg‘ulotlarida qo‘llash hamda uning samaradorligini pedagogik tajriba-sinov orqali tekshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: kompyuter grafikasi, qattiq jismli modellashtirish, estetik did, fazoviy tasavvur, yetishmovchi proyeksiya, chorak qirqim, vizualizatsiya, muhandislik grafikasi, kompozitsiya, grafik madaniyat