BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MORFOLOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING METODIK MEXANIZMLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida morfologik tafakkurni rivojlantirishning lingvistik, psixologik va metodik asoslari tadqiq etilgan. Morfologik tafakkur tushunchasining mazmuni, uning grammatik bilimlar, til hodisalarini anglash, tahlil qilish, taqqoslash va nutqiy faoliyatda qo‘llash bilan bog‘liq jihatlari ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan yoritilgan. Tadqiqotda morfologik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi kuzatish, grammatik taqqoslash, muammoli vaziyat yaratish, modellashtirish, analitik-sintetik tahlil va kontekstual qo‘llash mexanizmlari tizimlashtirilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va bilish xususiyatlarini hisobga olgan holda morfologik tushunchalarni bosqichma-bosqich shakllantirishning metodik modeli taklif etilgan. Morfologik bilimlarni qoidalarni yodlash bilan cheklashning metodik cheklovlari tanqidiy tahlil qilinib, ularni mustaqil fikrlash va kommunikativ faoliyat bilan integratsiyalash zarurati asoslangan. Kalit so'zlar: morfologik tafakkur, grammatik tushuncha, so‘z turkumlari, grammatik ma’no, grammatik shakl, lingvistik kompetensiya, analitik-sintetik faoliyat, modellashtirish, kontekstual tahlil, boshlang‘ich ta’lim
