CHIZMACHILIK DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING IJODIY FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH (PROYEKSION CHIZMACHILIK MISOLIDA)
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolaning maqsadi – umumta’lim maktablarida chizmachilik darslarida qo‘llanadigan didaktik o‘yinlarning o‘quvchilar ijodiy fikrlashini rivojlantirish imkoniyatini baholash va ularni shu maqsadga moslashtirish yo‘llarini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda psixologik, metodik va xorijiy manbalarni qiyosiy tahlil qilish, proyeksion chizmachilik bo‘limi uchun ishlab chiqilgan to‘qqizta o‘yinni mazmuniy tahlil qilish hamda ularni J. Gilford ajratgan ijodiy fikrlash komponentlari (ravonlik, egiluvchanlik, originallik, ishlab chiqish) bo‘yicha tasniflash metodlari qo‘llandi. Natijada to‘qqiz o‘yindan sakkiztasi (89%) yagona to‘g‘ri javobli, ya’ni konvergent topshiriq ekani, o‘yinlarning to‘rttasi tekis tasvirdan fazoviy shaklga, ikkitasi esa teskari yo‘nalishda ishlashi aniqlandi; ravonlik va originallikni bevosita talab qiladigan o‘yin topilmadi. Shu asosda har bir o‘yinni “bitta javob”dan “bir nechta javob”ga o‘tkazish qoidasi, «Zukko o‘quvchi» o‘yinining ochiq varianti va ijodiy fikrlashni o‘lchash ko‘rsatkichlari taklif etildi. Xulosada taklif etilgan yondashuv magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov bosqichida tekshiriladigan metodik asos sifatida baholandi. Kalit so'zlar: divergent tafakkur, fazoviy tasavvur, ko‘rinishlar, yaqqol tasvir, chizmani o‘qish, ravonlik, egiluvchanlik, originallik, interfaol metod, umumta’lim maktabi, AutoCAD
