HAMID OLIMJON IJODIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI AN’ANALARI VA BADIIY MAHORAT




HAMID OLIMJON IJODIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI AN’ANALARI VA BADIIY MAHORAT


Mualliflar:
Bahriddinova Shahnoza


Annotatsiya Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi Hamid Olimjon ijodida xalq og‘zaki ijodi an’analarining badiiy ifodasi, ertak-dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda shoirning obraz yaratish mahorati tahlil qilinadi. Xususan, «Oygul bilan Baxtiyor» va «Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod» dostonlari misolida folklor motivlari, qahramonlar xarakteri, ramziy obrazlar va asarlarning g‘oyaviy mazmuni yoritiladi. Shuningdek, xalqona badiiy tafakkur bilan yozma adabiyot o‘rtasidagi aloqalar hamda Hamid Olimjon ijodining milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Kalit so'zlar: Hamid Olimjon, o‘zbek adabiyoti, xalq og‘zaki ijodi, folklor, ertak-doston, badiiy mahorat, obraz, ramziy timsol, milliylik