AYLANALARNI SIRKUL VA UCHBURCHAKLIKLAR YORDAMIDA TENG BO‘LAKLARGA BO‘LISH VA MUNTAZAM KO‘PBURCHAKLAR HOSIL QILISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada chizmachilik darslarida aylanani sirkul hamda chizg‘ich va uchburchakliklar yordamida teng 3, 4, 5, 6, 7, 8 va 12 bo‘lakka bo‘lish va muntazam ko‘pburchaklar hosil qilishning grafik usullari bayon etilgan. Ishning maqsadi - bu yasashlarni qo‘lda bajarish tartibini sodda va tushunarli tilda, har bir bosqichni grafik tasvir bilan birga ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotda grafik-amaliy usul qo‘llanildi: A4 formatdagi listda ramka, setka va aylanalar tayyorlanib, har bir bo‘lish usuli bosqichma-bosqich bajarildi. Yasash jarayoni muallif tomonidan tayyorlangan animatsion video dars asosida tahlil qilindi. Natijada har bir bosqich yoniga uning chizmasi berilgan 8 ta grafik jadval ishlab chiqildi. Aylanani to‘rt va olti bo‘lakka bo‘lishning ikki xil varianti ko‘pburchakning chizmadagi holatini tanlash imkonini berishi, yettiga bo‘lish usuli esa taqribiy ekani ko‘rsatildi. Uchburchakliklar yordamida aylanani 3, 4, 6, 8 va 12 bo‘lakka tez bo‘lish mumkinligi asoslandi. Maqola materiallari umumta’lim maktablari, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida chizmachilik darslarida hamda mustaqil ta’limda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Kalit so'zlar: chizmachilik, sirkul, uchburchaklik, chizg‘ich, aylanani bo‘lish, muntazam ko‘pburchak, geometrik yasash, grafik ish, video dars
