BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MULOQOT QIYINCHILIKLARI: SABABLARI, NAMOYON BO'LISH SHAKLLARI VA PEDAGOGIK TA'SIR YO'LLARI




BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MULOQOT QIYINCHILIKLARI: SABABLARI, NAMOYON BO'LISH SHAKLLARI VA PEDAGOGIK TA'SIR YO'LLARI


Mualliflar:
Abdujabborova Olimaxonim Rustambek qizi


Annotatsiya Maqolada boshlang'ich sinf (1-sinf ) o'quvchilarida muloqot qiyinchiliklarining psixologik-pedagogik asoslari, ularning kelib chiqish sabablari va namoyon bo'lish shakllari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi muloqot qiyinchiliklarini aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik asoslarni taqdim etish. Tadqiqotda nazariy tahlil, qiyosiy-solishtirma tahlil, pedagogik kuzatuv va so'rovnoma metodlariga tayanildi. Natijalar muloqot qiyinchiliklarini to'rt guruhga: nutqiy-lingvistik, hissiy-irodaviy, ijtimoiy-kommunikativ va motivatsion-shaxsiy qiyinchiliklarga ajratish mumkinligini ko'rsatdi. Aniqlanishicha, bunday qiyinchiliklar o'quvchining o'zlashtirishiga, sinfdagi ijtimoiy moslashuviga va hissiy farovonligiga bevosita ta'sir qiladi. Xulosa qismida o'qituvchi, ota-ona va maktab psixologi hamkorligiga asoslangan, o'yin hamda hamkorlikdagi o'quv faoliyatini qamrab oluvchi korreksion-rivojlantiruvchi model taklif etiladi. Maqola boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari, maktab psixologlari va metodistlar uchun mo'ljallangan. Kalit so'zlar: muloqot, muloqot qiyinchiliklari, boshlang'ich sinf o'quvchilari, kommunikativ kompetensiya, nutq rivoji, tengdoshlar bilan munosabat, ijtimoiylashuv, uyatchanlik, korreksion-pedagogik ish, hamkorlikda o'qitish