MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA METAKOGNITIV KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBALAR
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda metakognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy tajribalar tahlil qilingan. Metakognitiv bilim, rejalashtirish, monitoring, o‘z-o‘zini nazorat qilish va refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ilmiy-pedagogik yondashuvlar o‘rganilgan. Xorijiy tadqiqotlarda qo‘llanilayotgan samarali metodlar hamda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimidagi mavjud imkoniyatlar qiyosiy tahlil qilingan. Maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida metakognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy ta’lim mazmuni bilan uyg‘unlashtirish muhimligi asoslangan. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, metakognitiv ko‘nikmalar, metakognitiv bilim, rejalashtirish, monitoring, o‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya, xorijiy tajriba, mahalliy tajriba, pedagogik yondashuvlar
