YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHDA UMR DAVOMIDA TA’LIM OLISH TAMOYILI ASOSIDA INDIVIDUAL TA’LIM TRAYEKTORIYASINI SHAKLLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada umr davomida ta’lim olish tamoyili asosida shaxsning individual ta’lim trayektoriyasini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari, mazmuni va pedagogik shart-sharoitlari tahlil qilinadi. Uzluksiz ta’limning rasmiy, norasmiy va informal shakllari o‘rtasidagi uzviylik, ta’lim oluvchining ehtiyojlari, qiziqishlari, mavjud bilim va tajribasini hisobga olish, maqsadlarni belgilash, ta’lim mazmuni va usullarini tanlash hamda natijalarni monitoring qilish masalalariga e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunchiligi, rus pedagogik ilmiy maktabi vakillarining individual ta’lim trayektoriyasiga doir qarashlari hamda UNESCO va OECD materiallari qiyosiy tahlil qilinadi. Natijada individual ta’lim trayektoriyasini loyihalashning bosqichlari va uni samarali amalga oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik mexanizmlar taklif etiladi. Yangi O‘zbekiston sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish individual ta’lim trayektoriyasining ustuvor maqsadi sifatida talqin etilib, uning pedagogik, raqamli, kommunikativ, refleksiv va kasbiy moslashuvchanlik komponentlarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Kalit so'zlar: umr davomida ta’lim, uzluksiz ta’lim, individual ta’lim trayektoriyasi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, ta’lim ehtiyoji, mustaqil ta’lim, refleksiya, raqamli ta’lim. Yangi O‘zbekiston, bo‘lajak o‘qituvchi, kasbiy kompetensiya, pedagogik tayyorgarlik
