UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TAYANCH KOMPETENSIYA: UNING PEDAGOGIK MAZMUNI VA FUNKSIYALARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada kompetensiya va tayanch kompetensiya tushunchalarining xalqaro ilmiy tadqiqotlarda, Yevropa Ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamda UNESCOning siyosiy-huquqiy hujjatlarida, shuningdek, O‘zbekiston ta’lim sohasidagi qonunchiligida qanday talqin etilishi tahlil qilinadi. Mazkur manbalarni qiyosiy o‘rganish asosida turli yondashuvlarda takroran uchraydigan oltita xususiyat ajratib ko‘rsatiladi hamda ular kontekstual transfer orqali o‘zaro bog‘langan oltita tarkibiy komponentdan iborat yaxlit tizim sifatida tayanch kompetensiyaning ichki tuzilishini tavsiflash uchun asos qilib olinadi. Shuningdek, kompetensiya va kompetentlik darajasi tushunchalari o‘rtasidagi shartli farq aniqlashtiriladi hamda milliy modelda belgilangan oltita tayanch kompetensiyaning 5–6-sinf o‘quvchilari sinfdan tashqari faoliyatida qanday namoyon bo‘lishi mumkinligi yoritiladi. Tadqiqotning asosiy xulosasi shundan iboratki, tayanch kompetensiyalarni alohida-alohida emas, balki mazmunli hamkorlikdagi faoliyat jarayonida o‘zaro uyg‘unlikda rivojlantirish eng samarali yondashuv hisoblanadi. Kalit so'zlar: kompetensiya, tayanch kompetensiya, kompetentlik darajasi, kompetensiyaviy yondashuv, transversial kompetensiyalar, transfer, sinfdan tashqari faoliyat, umumiy o‘rta ta’lim.
