YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH YUZASIDAN ILK NAZARIY QARASHLARNING VUJUDGA KELISHI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqidagi ilk nazariy qarashlarning vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot bosqichlari tahlil qilingan. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy tahlil, birlamchi manbalarni mazmuniy o‘rganish va tizimlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Antik davr faylasuflari, Sharq mutafakkirlari, jadid ma’rifatparvarlari hamda XX asr pedagoglari qarashlari asosida vatanparvarlik tushunchasi talqinining harbiy-fuqarolik mazmundan ma’naviy-axloqiy va shaxsiy-ijtimoiy mazmunga qarab boyib borgani aniqlangan. Natijada vatanparvarlik tarbiyasi g‘oyalari rivojining olti bosqichli davriylashtirilishi taklif etilgan va ularning umumta’lim maktablaridagi tarbiyaviy jarayon uchun ahamiyati asoslab berilgan. Kalit so'zlar: vatan, vatanparvarlik, tarbiya, qadriyat, pedagogik tafakkur, komil inson, jadidlar, Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino, Navoiy
