INKLYUZIV TA’LIM ASOSIDA JISMONIY TARBIYANI TAKOMILASHTIRISH MEXANIZMLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Mazkur ilmiy maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida jismoniy tarbiya jarayonini takomillashtirishning pedagogik, metodik va ijtimoiy mexanizmlari tahlil etiladi. Jismoniy imkoniyati cheklangan ta’lim oluvchilarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda inklyuziv jismoniy tarbiyaning o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, moslashtirilgan mashqlar, individual yondashuv, pedagogik qo‘llab-quvvatlash va muhitni moslashtirish mexanizmlarining samaradorligi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, jismoniy tarbiya, moslashtirilgan mashqlar, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik mexanizmlar, ijtimoiy integratsiya.
