BOSHLANG‘ICH MATEMATIKA MAZMUNIDAGI MANTIQIY TOPSHIRIQLAR ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING MULOHAZA YURITISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mulohaza yuritish ko‘nikmalarini boshlang‘ich matematika mazmunidagi mantiqiy topshiriqlar asosida rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Mantiqiy topshiriqlarning tasniflash, qonuniyatni topish, tahlil-sintez, xulosa chiqarish va isbotlash turlari hamda ularga mos matematik mazmun ajratilgan. Venn diagrammasi, figurali sonlar ketma-ketligi va sehrli kvadratga asoslangan topshiriqlar namunalari, ularning matematik asosi – to‘plamlar birlashmasi elementlari soni, uchburchak sonlar va sehrli kvadrat konstantasi formulalari keltirilgan. Har bir topshiriq bo‘yicha talabaning metodik tahlil faoliyati tavsiflangan. Kalit so'zlar: mantiqiy topshiriq, mulohaza yuritish, boshlang‘ich matematika, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Venn diagrammasi, figurali sonlar, sehrli kvadrat, metodik tahlil.
