BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI MATEMATIKA O‘QITISHGA TAYYORLASHDA ELEKTRON TOPSHIRIQLAR TIZIMINI LOYIHALASH
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini matematika o‘qitishga tayyorlashda elektron topshiriqlar tizimini loyihalash masalasi ko‘rib chiqilgan. Boshlang‘ich matematika kursining mazmun yo‘nalishlari – sonlar va raqamlash, arifmetik amallar, kattaliklar, geometrik material va matnli masalalar bo‘yicha elektron topshiriqlar turlari hamda ular orqali rivojlantiriladigan metodik ko‘nikmalar asoslangan. Topshiriqlar reproduktiv, qisman izlanishli va ijodiy darajalarga ajratilgan. Elektron test topshiriqlarining sifatini qiyinlik va farqlash indekslari yordamida tekshirish hamda talabalar o‘zlashtirishini V.P.Bespalko koeffitsiyenti asosida baholash tartibi taklif etilgan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich matematika, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, metodik tayyorgarlik, elektron topshiriq, topshiriqlar tizimi, qiyinlik indeksi, farqlash indeksi, o‘zlashtirish koeffitsiyenti.
