VATANPARVARLIK FENOMENINING MAZMUN-MOHIYATI VA UNI YOSHLARDA RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI
Mualliflar:
Annotatsiya Maqolada Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida vatanparvarlik fenomenining mazmun-mohiyati ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Lug‘aviy manbalar, falsafiy-axloqiy qarashlar hamda mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning talqinlari qiyosiy o‘rganilib, vatanparvarlik, vatanni sevish, sadoqat, fidoyilik va xiyonat tushunchalarining o‘zaro nisbati ochib berilgan. Vatanparvarlik individual va ijtimoiy darajalarga tasniflangan, uning axloqiy mezonlari (fidoiylik, burch, mas’uliyat, qahramonlik, chidamlilik, sadoqat, g‘urur, oriyat) hamda unga zid illatlar (munofiqlik, beparvolik, qo‘rqoqlik, sotqinlik) tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijasida vatanparvarlikning axloq falsafasining asosiy tamoyili sifatidagi mohiyati va yoshlarda uni shakllantirishning konseptual asoslari asoslab berildi. Kalit so'zlar: vatanparvarlik, fenomen, yoshlar, ma’naviy yuksalish, sadoqat, fidoiylik, burch, xiyonat, axloqiy mezonlar, Yangi O‘zbekiston
