TORLI-KAMONLI CHOLG‘ULARDA SOF INTONATSIYANI SHAKLLANTIRISH VA ICHKI ESHITUVNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI




TORLI-KAMONLI CHOLG‘ULARDA SOF INTONATSIYANI SHAKLLANTIRISH VA ICHKI ESHITUVNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI


Mualliflar:
Mirsadullayev Mirlaziz Mirmuslimovich


Annotatsiya Maqolada torli-kamonli cholg‘ularda sof intonatsiyani shakllantirish va ichki eshituvni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari g‘ijjak ijrochiligi misolida tahlil qilinadi. Cholg‘u dastasining pardasiz tuzilishi, tovush balandligini aniq belgilash, ijrodan oldin tovushni ichki tasavvur qilish va sadolanishni eshitish orqali nazorat qilish masalalariga e’tibor qaratiladi. Mahalliy va xorijiy ilmiy-uslubiy manbalar tahlili, qiyosiy yondashuv hamda ko‘p yillik pedagogik-ijrochilik tajribasini umumlashtirish asosida ichki eshituv, amaliy mashqlar, individual yondashuv va mustaqil intonatsion nazoratning o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. An’anaviy ijrochilikda sof intonatsiyani baholashda maqomlarning lad xususiyatlari va ijro bezaklarini hisobga olish zarurligi asoslanadi. Kalit so'zlar: sof intonatsiya, ichki eshituv, g‘ijjak, eshituv nazorati, torli-kamonli cholg‘ular, ijrochilik mahorati, pedagogik shart-sharoit